Dzyudo. Kemran Nurillaev Osiyo ochiq kubogida oltin medalga ega chiqdi
Avvalroq, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik.
-60 kg vazn toifasidagi janglarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kemran Nurillaev musobaqa davomida Almazbek Nurxan (Qozog‘iston) Amartuvshin Dashdavaa (Mo‘g‘uliston), Ramazan Mamaev (Qozog‘iston) va Bilguun Dogsom (Mo‘g‘uliston) kabi sportchilarni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bugun yana bir qator vazn toifalarida yurtdoshlarimiz gilamga chiqadilar.



Fikrlar