Dzyudo bo‘yicha MOQ sovrini uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi

  • 11 iyun, 2018, 14:50
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

9-10 iyun kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida dzyudo kurashi bo‘yicha MOQ sovrini uchun mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, qolaversa, terma jamoaga nomzod bo‘la oladigan yoshlarni saralab olish uchun tashkil qilingan joriy turnir barcha mutasaddilarning e’tibor markazida bo‘ldi. 

Tecno

200ga yaqin dzyudochilarning jamlagan mazkur musobaqada poytaxt vakillaridan tashqari Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan polvonlarning mahorati yuqori baholandi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarda Shahboz Nurmatov, Abdujalil Yusupov, Zuhra Ma’murjonova, Nilufar Ermagambetova kabi ishtirokchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!