
Dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi "Universal sport saroyi"da dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi musobaqalar ham hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Qizlarimiz -40 kg., -44 kg., -48 kg., -52 kg., -57 kg., -63 kg., -70 kg., +70 kg. vazn toifalarida bellashgan bo‘lsalar, o‘g‘il bolalar -50 kg., -55 kg., -60 kg., -66 kg., -73 kg., -81 kg., -90 kg., +90 kg. da omadlarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz 10 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamg‘arib, karvonboshilik qilishmoqda. Qozog‘istonlik qo‘shnilarimizda 5 ta oltin, 7 ta kumush va 15 ta bronza medallari bor. Ular 2-o‘rinda. Tojikistonlik dzyudochilarda esa 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bor.
Musobaqalar davom etmoqda.
Fikrlar