
Dzyudochilarimiz Germaniyadagi «Katta Dubulg‘a» turniriga yo‘l olishdi
Xabar berib o‘tganimizdek, 22-24 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu reyting musobaqasida jahonning 98 mamlakatidan 721 nafar dzyudochi ishtirok etadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar berishicha bellashuvlarda o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Bugun musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz Germaniyaga jo‘nab ketishdi.
Terma jamoamiz Dyusseldorfga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
Erkaklar:
-60 kg: Diyorbek O‘rozboev
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: G‘iyosjon Boboev
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
-100 kg: Sherali Jo‘raev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-78 kg: Nodira Yuldasheva.
Fikrlar