
EChL. Bu mavsum hech kim Eriksenga eta olmayapti
"Tottenxem" EChL 4-turida Gollandiyaning PSV jamoasini qabul qildi va Harri Keynning o‘yin so‘nggida kiritgan ikki gollari evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Aynan kechagi uchrashuvda "shporlar" yarim himoyachisi Kristian Eriksen raqib jarima maydoni tomon oz emas, ko‘p emas etti marta aniq to‘p uzatishni uddaladi.
Qizig‘i, bu mavsum hech bir futbolchi EChL o‘yinida bunday ajoyib natijaga erisha olmagan edi.
Fikrlar