
EChL. “Yuventus” safarda “Monako”ni ishonchli tarzda taslim qildi
Evropa Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki o‘yinida “Yuventus” jamoasi safarda “Monako” futbolchilari bilan kuch sinashdi.
Murosasiz va juda qiziqarli kechgan o‘yinda turinliklar 2:0 hisobida zafar quchib, finalga ilk qadam tashladi.
Qayd eitsh kerakki, “keksa sinora”ning har ikki goliga Gonsalo Iguain mualliflik qildi.
Monako (Monako) – Yuventus (Italiya) 0:2
Gollar: 0:1 – 29 Iguain, 0:2 – 59 Iguain.
Monako – Subashich, Glik, Sidibe, Fabino, Jemerson, Bakayoko (Moutinyu, 67), Bernardu Silva (Ture, 81), Lemar (Jermen, 67), Dirar, Mbappe, Falkao.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali, Pyanich (Lemina, 89), Markizio (Rinkon, 81), Dani Alves, Manjukich, Iguain (Kuadrado, 77), Dibala.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (21), Fabino (37), Markizio (58), Kellini (69).
Fikrlar