Elina Svitolina: Darya menga yoqib qoldi
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina Rimda o‘tayotgan turnirning uchinchi davrasida rossiyaliky Darya Kasatkina ustidan qanday zafar quchgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Men uchrashuvning birinchi setida o‘z o‘yinimni topa olmadim. Darya esa hammasini a’lo darajada bajardi. O‘z o‘yinimni topishimga muxlislar sababchi bo‘ldi. Birinsi setdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ular meni oldinga intilishimga turtki bo‘ldi. G‘alaba qozonganimdan xursandman.
Kasatkinaga qarshi o‘yin og‘ir o‘tishini bilgan edim. U kortni yaxshi ko‘radi va kutilagan zarbalar yo‘llaydi. Men uni kortning yarimida ushlab turishga harkat qildim va bu ish meni g‘alabaga etkaladi" – deydi Elina.

Fikrlar