
Elina Svitolina: Ota-onamning e’tiborini tortish uchun tennis o‘ynayman
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina tennis bilan shug‘ullanishni qanday boshlagani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Mening aka yoshligida o‘ynagan. Unga ota-onamizning bor e’tibori tushar edi. Men ham mashg‘ulotlarga borar edim. Ota-onam e’tiboriga tushish uchun men o‘sha vaqtda yaxshi o‘yin ko‘rsatishim shart edi.
Ota-onam tennis bilan jiddiy qiziqishgan, ular akam bilan turnirlarga borishar edi. Shu sababli ham men sport orqali ularning menga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmoqchi edim. Bu munosabat meni kuchli bo‘lishimga undadi", - deydi Elina Svitolina.
Fikrlar