Eng kuchli stol tennischilarimiz Toshkentda bellashadi

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz stol tennisi federatsiyasi tomonidan poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Chempionatda Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxandaryo va Toshkent viloyatlari, Qoraqalpog‘isto Respublikasidan kelgan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

– O‘zbekiston chempionatini terma jamoaga yangi iste’dodalarni aniqlash, mamlakatimizda stol tennisini yanada ommalashtirish va kelgusi mavsumda terma jamoamiz safida ishtirok etadigan sportchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazdik, – deydi O‘zbeksiton stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova. – Joriy yilgi mavsum ham yakunlandi. Endi biz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Mfiq1U15273336910936_b

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Zohid Kenjaev, Elmurod Xoliqov, Qutbidillo Teshaboev va Stanislav Tyan shohsupaga ko‘tarildi.

Ayollar bahsida esa Rimma Gufranova, Rozalina Xojieva, Mehriniso Norqulova hamda Kamila Xoliqova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston chempionatining juftlik bahslarida Zohid Kenjaev va Stanislav Tyan tandemi oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Rimma Gufranova hamda Rozalina Xojieva teng keladigani topilmadi.

Musobaqaning aralash bellashuvlarida Z.Kenjaev va M.Magdieva dueti birinchi pog‘onadan joy oldi.

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!