
Entoni Joshua Aleksandr Usik bilan qachon jang qiladi?
Super og‘ir vazn toifasida IBF, WBO, IBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirna WBA, WBC, WBO va IBF bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida (90,71 kg) mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik bilan qachon jang qilishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilishni hamma xohlayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Usik ham bundan mustasno emas. Biz esa ushbu bahsni tashkillashtirish borasida bosh qotiryapmiz. Ukrainalik bokschi Toni Bellyu bilan kuch sinashishi darkor. Aleksandrning jamoasi Joshuaga qarshi jang qilishdan oldin bir necha katta bahslarda ishtirok etishlarini juda yaxshi tushunib turishibdi.
Usik - Joshua qarama-qarshiligi aprel oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Entoni ham ushbu bahsning bo‘lib o‘tish tarafdori, - deya Eddi Xirnaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Boxing Scene nashri.
Fikrlar