Eronlik futbolchini faoliyatini Bundesligada davom ettiradigan bo‘ldi

  • 12 yanvar, 2017, 21:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning "Rostov" klubi xavbeki Said Izzatullox faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Varzesh3.com saytining ma’lum qilishicha eronlik futbolchiga "Gamburg" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yaqindagina rostovliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirganiga qaramay 20 yoshli futbolchi Germaniyaga yo‘l olishi mumkin. Yuqoridagi manbaaning yozishicha tomonlar bu borada allaqachon kelishib olishgan. Ammo, transferga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmayapti.

Aytish kerakki Izzatulloxga shuningdek Angliyaning "Stok Siti" klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.

Avvalroq “Bavariya” klubi himoyachisi Xolger Badshtuber ham faoliyatini "Gamburg"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!