Eshli Barti xitoylik tennischi bilan to‘qnashib ketdi
Avstraliyalik tennischi Eshli Barti "Internationaux de Strasbourg" musobaqasining chorak finalidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
U turnirning mazkur bosqichida xitoylik Tszyan Vanga qarshi raketka ko‘tardi. Bahsda tezkor o‘yin ko‘rsatgan Eshli raqibini 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Strasburg shahrida o‘tayotgan musobaqada Barti rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova, yoki qozog‘istonlik Zarina Diyasga qarshi yarim finalda o‘ynaydi.
Fikrlar