Evropa Ligasi 5-tur ramziy terma jamoasi aniqlandi
UEFA rasmiy saytida Evropa Ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlaridagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy termani e’lon qildi.
Evropa Ligasining hafta jamoasidan Tomash Koubek (“Renn”), Mitchell-Eliya Vayzer (“Bayer”), Zaxar Volkov (BATE), Jyul Kunde (“Bordo”), Andreas Ulmer (“Red Bull Zaltsburg”), Emil Smit Rouv (“Arsenal”), Xakan Chalxanoglu (“Milan”), Brunu Fernandesh (“Sporting”), Jermeyn Lens (“Beshiktosh”), Abdulay Diabi (“Sporting”), Kallum Xadson-Odoy (“Chelsi”) o‘rin olishgan.
Musobaqaning guruh bosqichi yakuniga bir tur qolganida “Bayer”, “Tsyurix”, “Dinamo” (Zagreb), “Arsenal”, “Chelsi”, “Ayntraxt”, “Latsio”, “Zenit”, “Betis”, “Fenerbaxche”, “Sporting”, “Red Bull Zaltsburg” va “Dinamo” (Kiev) jamoalari 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishdi. Shuningdek, EChLda guruh bosqichida uchinchi o‘rinni naqd qilgan “Bryugge”, “Benfika” va “Valensiya” ham Evropa Ligasida ishtirokini davom ettiradi.

Fikrlar