
Fabregas: Azar "Chelsi"dan ketsa, faqat "Real"ga o‘tishi mumkin
“Monako” xavbeki Sesk Fabregas “Chelsi”dagi sobiq jamoadoshi Eden Azarning “Real”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Azar “Chelsi” safida eng kamida yana 1,5 yil qolishi mumkin va u hozir jamoada baxtli. Agar u Londondan ketishni xohlasa, faqat “Real”ga o‘tishi mumkin va u buni o‘zi hal qilishshi kerak. Men unga omad tilayman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq belgiyalik futbolchi mavsum yakunlangach “Real”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar