Fabregas mavsum oxirigacha "Chelsi"da qoladi

  • 30 noyabr, 2018, 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas o‘ziga joriy mavsum etarli o‘yin amaliyoti berilmayotganiga qaramay qishki transferlar davrida jamoadan ketmoqchi emasligi aytdi.

Tecno

“Ayni damda men “Chelsi” futbolchisi hisoblanaman va bundan xursandman. Biroq, har bir futbolchi ko‘proq o‘ynashni xohlaydi. Agar “Chelsi” men bilan shartnomani uzaytirmasa, men yanvarda boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazishimga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab jamoalarni qiziqtirayotganimga ishonaman. Ammo, bu mavsumni “Chelsi”da yakunlashim aniq”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Fabregas joriy mavsum “Chelsi” da jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!