
Fabregas va "Chelsi" o‘zaro kelishib olishdi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoani tark etadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchi va “aristokratlar” yozda yakuniga etadigan shartnomani muddatidan avval bekor qilishga kelishib olishgan. Qayd etish lozimki unga ayni damda "Milan", "Valensiya", "Atletiko" va "Monako" kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Fabregas joriy mavsum “Chelsi” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar