
Gamburg-2017: Kuba, Qozog‘iston va O‘zbekiston termalari 2015 yilgi JChda qanday natija qayd etishgan?
Ayni kunlarda Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha JCh davom etmoqda.
Terma jamoamizning 6 nafar a’zosi mazkur turnirning yarim finaliga qadar etib kelishdi.
Qo‘shni Qozog‘istondan ham shuncha charm qo‘lqop ustasi medalni “naqd qilgani” haqida xabar bergan edik.
Umuman, yarim finalchilar soni bo‘yicha, Kuba terma jamoasi etakchilik qilmoqda. 7 nafar kubalik bokschi final uchun ringga chiqadigan bo‘ldi.
Xo‘sh, ushbu terma jamoalar bundan ikki yil oldin Doxada o‘tgan jahon birinchiligda qanday natijalar qayd etishgan edi?
Ikki yil oldin 7 nafar kubalik bokschi yarim finalga chiqqan va 4 ta oltin, 2 kumush xamda 1 bronza bilan umumjamoa hisobida ham etakchi bo‘lishgan edi.
Qizig‘i, o‘shanda Qozog‘istondan faqat ikki bokschi yarim finalga qadar etib kelgan va yakunda har ikkalasi(Doniyor Eleusinov va Ivan Diychko) ham kumush medalni qo‘lga kiritishgan edi.
E’tiborlisi, ikki yil oldin ham 6 nafar bokschimiz yarim finalga qadar etib kelishgan. O‘shanda, Bektemir Meliqo‘ziev, Fazliddin G‘oibnazarov va Murodjon Axmadalievlar kumush, Elnur Abduraimov, Elshod Rasulov va Bahodir Jalolovlar bronza medaliga sazovor bo‘lishgan edi.
Fikrlar