Gamburg-2017: Murodjon Axmadaliev ilk bosqichdayoq kurashdan chiqdi
Germaniyaning Gamburg shahri mezbonliq qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining uchunchi kungi bellashuvlarida vakillarimizdan birinchi bo‘lib, 56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Murodjon Axmadaliev ringga ko‘tarildi.
Uning musobaqadagi ilk raqibi qozog‘istonlik Qayrat Eraliev bo‘ldi. Qiziqarli kechgan bellashuvda qozog‘istonlik bokschi hakamlar xulosasiga ko‘ra 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bugun yana to‘rt nafar bokschimiz ringga chiqadi.

Fikrlar