Germaniya termasining ikki futbolchisi mashg‘ulotlarda janjallashib qoldi

  • 30 may, 2018, 08:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

JCh–2018 turniriga tayyorgarlik ko‘rayotgan Germaniya terma jamoasining navbatdagi mashg‘ulotida himoyachilar Yozua Kimmix (“Bavariya”) va Antonio Ryudiger (“Chelsi”) o‘rtasida mojaro yuzaga keldi.

Bild nashrining xabar berishicha, futbolchilar o‘yindagi vaziyatlardan birida janjallashib, ular o‘rtasida mushtlashuv bo‘lishiga bir bahya qoldi. Germaniya termasi sobiq futbolchisi, ayni vaqtda murabbiylar shtabi a’zosi Miroslav Kloze futbolchilarni ajratdi.

Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi JCh–2018 turniri guruh bosqichida Meksika, Shvetsiya va Janubiy Koreya termalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!