Hamidjon Aktamov: Bugun omad har ikkala jamoadan yuz o‘girdi

  • 14 iyul, 2018, 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Superliganing qoldirilgan 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, shu kuni Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Tecno

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun har ikkala jamoa chiroyli  o‘yin namoyish etdi. Fikrimcha haqiqiy futbol bo‘ldi. Har ikkala jamoa yaratgan vaziyatlaridan foydalana olmadi. Omad har ikkala jamoadan yuz o‘girdi. “Nasaf” bugun yaxshi himoyalandi. Bu orqali hujumchilarimizga ham qiyin bo‘ldi. Oxirgi nuqtani qo‘ya olmadik. Menimcha, muxlislar bugungi o‘yindan zavq olishdi. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi.  “Nasaf”ning keyingi o‘yinlariga omad tilab qolaman”, - deydi tajribali mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!