Iguain: Golimni Gattuzoga bag‘ishlayman
Kecha bo‘lib o‘tgan SPALga (2:1) qarshi o‘yinda g‘alaba goliga mualliflik qilgan “Milan” hujumchisi Gonsalo Iguain o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu juda muhim gol va ortda qolgan bir nechta o‘yinlarda ko‘plab ochkolarni yo‘qotganimizni inobatga olsak, bu eng muhim 3 ochko. Endi biz oilamiz bilan xotirjam dam olsak bo‘ladi.
Shubhasiz, muxlislar mendan juda katta narsalar kutishmoqda. Men “Milan”ga ushbu loyixaga ishonganim uchun keldim va bundan keyin ham mana shu ruhda davom etaman.
Gattuzo hamisha meni qo‘llab-quvvatladi, u har doim halol bo‘lgan. Ushbu golni unga bag‘ishlayman”, - deydi argentinalik futbolchi.

Fikrlar