Iguain kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi

  • 14 yanvar, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Milan" safida o‘tkazayotgan hujumchi Gonsalo Iguain "Chelsi"ga o‘tishni xohlamoqda.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 31 yoshli argentinalik futbolchi “aristokratlar” safiga o‘tish istagi borligi haqida “rossonerilar” rahbariyatiga rasmiy ravishda bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Iguain huquqiy jihatdan “Yuventus” futbolchisi hisoblanadi. U “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan taqdirda yana “Napoli”dagi sobiq ustozi Mauritsio Sarri qo‘l ostida shug‘ullunishi mumkin. Turinliklar uni 50 mln evroga baholashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!