Inesta – bu futbol. Bunaqasi boshqa bo‘lmaydi (2-qism)

  • 16 may, 2018, 18:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

(Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Tecno

Inesta – qo‘riqchi farishta

Fabio Kapello “El Klassiko”ni tahlil qilarkan, bir safar shunday degandi: “Inesta maydonga tushgunidan to‘psiz ancha tajovuzkor o‘yin namoyish qilayotgan “Real” yo‘qolib qolgandi.” Agarda o‘yinning detallariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Kapello “Real”ning to‘psiz yuqori pressing ko‘rsatgani, Inesta tushgach esa, bu ishni bajara olmaganiga sha’ma qilgandi. Bunday narsalar protokolda ko‘rsatilmaydi, ammo o‘yinda tub burilish yasaydi.

Katta o‘yinlarda Andres doimo ajoyib formada o‘ynagan. Hatto Jahon Chempionati finali ham ushbu stsenariy ostida o‘tgan edi. “Hamma uning finaldagi goli haqida gapiradi. Bu to‘g‘ri, ammo golgacha u o‘yinda tub burilish yasagan edi. U o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. Yoshlar jamoasida o‘ynaganidek, 5 metr ichkariroqda o‘ynadi. Shuning evaziga, u to‘pni tez-tez qabul qilib, o‘yinni olib borish va yakka kurashlarda qatnashdi. Bu vaqtda u butun o‘yinni nazorati ostiga oldi”, - deya hikoya qiladi Inestaning “Albasete”dagi sobiq jamoadoshi Bruno Moral.

Ehtimol, Inestaning sehri tufayli futbol tarixida eng kuchli bo‘lgan jamoa/milliy terma jamoa chiroyli va hukmronlik qiluvchi o‘yinga ega bo‘lgan. Uning sehri uslub, jamoa va davrga bog‘liq emas. Inesta “Barsa”ning Chempionlar Ligasidagi g‘alabalari – 2006, 2009, 2011 va 2015-yillarda barcha finallarda ishtirok etgan yagona futbolchi. Tabiiyki, barchasida u daholarcha ishtirok etgan.

Xavi esa unga laqab ham qo‘yib olgan. “Andresda qobiliyat bor. U futbolning qo‘riqchi farishtasi. U ayni kerak vaqtda paydo bo‘ladi va mo‘jizalar yaratadi”, - deya izohlaydi. Muhim o‘yinlarda Inesta o‘ziga xos tarzda jamoani etaklab borgan va o‘yinning natijasiga ta’sir ko‘rsatgan.

Neymar ham shunga o‘xshash gaplarni aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Messi qiyin uchrashuvlardan oldin Inestaga kelib, menga yaqinroq o‘yna, maksimal tarzda yaqinroq, der ekan. Messi ham buni tasdiqlagan. “Men uni doim oyog‘ida to‘p bilan tasavvur qilaman. Men uni shunday ko‘rishga odatlanganman. Har qanday o‘yin aspektini soddalik bilan bajaradi. Ba’zan u hech narsani amalga oshirmayotganday tuyuladi. Aslida esa barchasini u qilayotgan bo‘ladi. Andres bilan barchasi o‘zgaradi.”

Neymar, Messi va Xavilar buni ilg‘agan ilk futbolchilar emas. 2006-yilgi Chempionlar Ligasi finali bo‘yicha Samyuel Eto'o quyidagilarni gapirib berdi: “Biz Parijda yutqazayotgan edik. Men Raykardning yordamchisi Xenk Ten Katega “Andres maydonga tushsa maylimi?” deb so‘radim. U shunday variant ko‘rilayotganini aytdi. Keyin Inesta maydonga tushirildi va uyog‘i nima bo‘lgani barchaga ma’lum.” “Xudoga shukr, Inesta o‘sha uchrashuvda maydonga tushdi, aks holda biz aniq yutqazgan bo‘lardik” – deydi Havi ham sobiq jamoadoshining fikrlarini tasdiqlab.

Terri Anri ham bu holatni muhim deb hisoblaydi. “Aynan Andres o‘sha finalni aniqlab berdi. Uning maydonga tushishi barchasini o‘zgartirib yubordi. Biz kamchilik bo‘lib harakat qildik. Men hujumchi bo‘lish bilan birga himoyalanishga ham yordam berishim kerak edi. Inesta tushirilgach bu imkonsiz bo‘ldi. Andres o‘sha uchrashuvda meni yo‘q qildi. Har safar u to‘pni qabul qilganida hujumga qarab harakatlanardi. Men unga etisholmay qoldim. Barcha Larsson va Belletti haqida gapirishadi, ammo haqiqatda bizni aynan Andres “o‘ldirgan” edi.”

2008-yilda Inesta Gvardiolaning murabbiylik faoliyatini qutqarib qolgandi. Pep mavsumni ikkita omadsiz natija bilan boshlagan edi. Qiyin vaqtda murabbiyning xonasiga Inesta kirdi: “Tashvishlanmang, boss. Biz hammasini yutamiz. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Iltimos, shunday o‘ynashda davom etaylik. Biz ajoyib o‘ynamoqdamiz, har bir mashg‘ulotdan zavq olyapmiz. Iltimos, hech narsani o‘zgartirmang.” Barcha Andres gapini tugatdi deb turganida u yana “biz ajoyib formadamiz. Bu yil biz barcha raqiblardan o‘tamiz, men buni sezyapman” degan edi.

Inesta jamoadagi eng kamgap o‘yinchi edi. “Numansiya”gdan uchralgan mag‘lubiyat va “Rasing”ga qarshi durang, bunday vaqtda albatta bosimni va yolg‘izlikni his qilasan” – deya eslaydi Pep. “To‘satdan Inesta paydo bo‘ldi va “tashvishlanmang” deydi. Men uni eshigim oldida “biz ajoyib o‘ynayapmiz” degani ko‘z oldimdan hech ham ketmaydi. U chiqib ketgach, men “Andres shuni aytayotgan bo‘lsa...” deb o‘ylab qoldim.”

Mavsum oxirida esa “Barsa” treblni nishonladi. Albatta bu Inestaning yordamisiz yuz bermasdi. Aynan uning “Stemford Bridj”dagi goli “Barselona”ni finalga olib chiqqan edi. Finaldan oldin esa jarohat oldi va taxminlarga qaramay tezkorlik bilan sog‘ayishga ulgurdi. O‘yinda u igna kuchi bilan o‘ynagan bo‘lsada buni hech kim payqamadi. O‘yindan keyin, Ueyn Runi “MYu”ning kiyinish xonasiga kirib, “biz dunyoning eng yaxshi futbolchisi – Inestaga yutqazdik” degan ekan.

Keyin yana shunday ikkita final, bir necha “El Klassiko”lar, 2015-yilda bir o‘zi “PSJ”ni enggani va boshqa bir qancha kichik yurishlar... Bularning barini alohida yozishga so‘z etmaydi. Xavi qo‘ygan laqab haqiqatda to‘g‘ri ekan. 

Inestaning “Oltin to‘pi”

Yaqinda France Football nashrining muharriri Paskal Ferre Inestaga “Oltin to‘p” berilmaganidan uzr so‘radi. Ushbu iqtibos dastlab shubhali tuyuladi, yumshoqroq qilib aytganda g‘alati. Ammo uni to‘liq o‘qib chiqqachgina Ferrening so‘zlari samimiy va aniq ekanligi namoyon bo‘ladi: “Bizni kechir, Andres. Biz sen oddiy o‘yinchi emassan, balki eng yaxshisisan. Jamoa manfaati uchun qilgan qurbonliklaring shaxsiy e’tirofga loyiq edi. Sovrinlaring orasida “Oltin to‘p”ning yo‘qligi judayam og‘riqli. Sen, futbol tarixida boshqalarning iqtidorini eng yaxshi kashf qilasan.”

Neymar ham bunga qo‘shiladi: “Inestani birortasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi. U boshqacha. U men ko‘rgan yarim himoyachilar ichida eng zo‘ri. Afsona bo‘lish uchun unga “Oltin to‘p” kerakmas.” “Agarda uning ismi “Andresino” bo‘lganida u “Oltin to‘p”ni yutgan bo‘lardi” – deydi Serxio Ramos.

Albatta bu haqiqat. Agarda ushbu nufuzli haqiqiy futbol sovrini bo‘lganida Andres Inesta uni kamida bir marta yutgan bo‘lardi. Jahon Chempionati finalidagi goli tufayli barcha 2010-yil haqida gapirayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bunday emas. U o‘sha mavsumda qattiq tushkunlikka qarshi kurashayotgan edi va mavsumning ko‘p o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.

2008-2009-yilgi mavsumda Andres katta ustunlik bilan eng yaxshisi bo‘lgandi. Chempionlar Ligasidan oldin Aleks Fergyuson hammadan ko‘proq Messidan emas, Inestadan qo‘rqayotganini aytgandi. Bu Leo haqida berilgan savolga javob edi. “Men Messidan qo‘rqmayman. Inesta – haqiqiy tahdid. U ajoyib. U tufayli “Barsa” judayam yaxshi. To‘pni uzatishi, harakatlanishi, bo‘shliqni yaratishi – bularning barchasiga aql bovar qilmaydi. U “Barselona”ning eng muhim o‘yinchisi. Pep uchun ham Andres eng muhimi hisoblangan.”

Inesta har dam olish kunlarida kosmik o‘yinlarni o‘tkazardi. Ispan nashrlarining o‘rtacha baholashiga ko‘ra, u La Liganing eng yaxshi futbolchisi. Bu ko‘rsatkichga gollar va golli uzatmalar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun Inestaning etakchiligi ikki barobar yuqori. U va Leoni ham qo‘shganda boshqa futbolchilar orasida masofa ancha katta.

Andresga “Oltin to‘p” kerakmi deyilgan savolga Xavi quyidagicha javob bergandi: “U katta ustunlik bilan ko‘pqirrali o‘yinchi. Unda hammasi bor. Qariyb hammasi – OAVdagi qo‘llab-quvvatlov bunga halal bermaydi.” Aynan so‘nggi faktor asosiy rolni bajaradi. 2008-yilgi nominantlar orasida bo‘lmasdan turib 2009-yilgi “Oltin to‘p” sohibi bo‘lish ehtimoldan tashqarida bo‘lgan.

2009-yilda Andresni past baholashgan yil bo‘lib qolmagan. 2011-yilda o‘z xushomadini yana takrorlagandi: “Gvardiola va Inesta ushbu “Barselona”ni yaratdi. Har qanday raqib ularning hujumchisidan emas, yarim himoyachilaridan qo‘rqishi kerak.” Pepning o‘zi esa bunga yanada aniqlik kiritib o‘tadi: “Inesta aslida qanchalar yaxshi ekanligini tasavvur ham qilolmaysiz. U juda ko‘p e’tirofga loyiq, ammo hech qachon shikoyat qilmaydi.”

“U ko‘pqirrali futbolchi. U himoyalanadi va hujum qiladi, yaratadi va gol uradi” – deydi Visente Del Boske. “Men undan aldamchi vinger, markaziy yarim himoyachi, tayanch yarim himoyachisi, hujumkor futbolchi pozitsiyalarida foydalandim. Har safar u ajoyib edi” – deydi Frank Raykard. Dani Alveshning fikriga ko‘ra, Andresning muammosi uning barqarorligida. “O‘ylashimcha, odamlar Inestaning qanchalar muhim ekanligini tushunishmaydi. Ehtimol, biz uning ajoyib o‘yini uchun etarlicha maqtamaymiz, ongimizda bilamizki, uning keying o‘yini ham shunchalar yaxshi bo‘ladi.”

“Messi doimo eng yorqin epizodlarni yaratadi, ammo Andres maydonda doimo kuchli” – Xuanma Lilo. Hatto Xorxe Sampaoli ham Messiga xushomad qilish ishining tarkibiy qismiga aylanguniga qadar Inestani “dunyoning eng yaxshisi” deb atardi. Gap Iinestaning 2015-yilgi versiyasi haqida bormoqda. Futbolni tushunmaydigan va qiziqmaydiganlar uni hammadan yuqori qo‘yayotganlar futbol olamidagilar uni qanchalar qadriga etmayotganini ko‘rsatib beradi.

Bir safar Gvardiola Tito Vilanovaga “keyingi safar Andresni sog‘ bo‘lsa ham zaxirada qoldirsam, yuzimga tarsaki tushir. O‘zimga kelmagunimcha va uni tarkibga qaytarmaganimgacha ur. Uni hatto chap qanot himoyasiga qo‘yishga to‘g‘ri kelsa ham.”

 Andresning o‘zgacha tomonlari

«Andresning erishgan yutuqlari ko‘zlardan yoshni keltiradi»-degan edi Inestaning futbol olamidagi eng yaqin do‘sti Viktor Valdes.

2009-yildagi Chempionlar Ligasining finali bu fikrga yorqin dalil. Inesta maydonga jarohatdan so‘ng tushgan va shifokor har qanday holatda ham zarba bermasligini uqtirishgan edi. Bu gaplar Inestaning ajoyib finalni o‘tkazishiga halaqit qilmadi. «Agar siz o‘sha paytda Yunayted jamoasi o‘yinchilari Inestaning jarohati haqida bilishini so‘rasangiz hatto hayoliga ham keltirmaganini aytishadi. U 100 % o‘yinga tayyor bo‘lgani yaxshi. Inestaning texnikasi bilan esa 60-70 % tayyorgarlik ham etadi»-deydi Abidal.

Uning o‘yinidagi yana bir yashirin aspekt-to‘psiz o‘ynash. “Mening Inestadan doim ko‘nglim to‘q. U raqib himoyachilarini shoshirib qo‘yadi. Hujumchilar esa himoyachilardan bemalol o‘tishadi. Andresning La Masiyadagi murabbiyi shunday deydi: «Inestaning birinchi bo‘limdagi harakatlarini ko‘rib ikkinchi bo‘limda charchab qolishidan havotir olib turaman. Ammo uning kuchi doim so‘ngi daqiqacha etadi. Uning o‘yinida pasayish kuzatilmaydi»

«Ba’zida maydonda sen yugurmayotgandek ko‘rinasan. O‘yindan so‘ng raqamlar kuzatilgan esa hammadan ko‘p yugurgan bo‘lasan. Qanday qilib?»-deb so‘rashganida Inesta «Televizorda ko‘rganda maydondagi holat to‘liq his qilinmaydi. Futbolchilarning maydondagi juda tezkorlik bilan harakati ham huddi odatiy holatdek ko‘rinadi. Bu holat odamlarni aldaydi»-deb javob bergan edi.

Ha, uning to‘psiz harakatini kuzatgan shaxs doim bundan hayratga tushadi. Diego Torres ayni chempionat qizg‘in pallada Kloppga quyidagi fikrlarni aytgan edi: «Koutino-ajoyib hujumkor o‘yinchi, ammo u 4-3-3 sxemasidagi markaziy yarim himoyachi o‘rnida o‘zini yaxshi his qilmaydi. Valverde sinab ko‘rayotgan 4-4-2 sxemasidagi himoyaga yordam berishi ham lozim bo‘lgan o‘yinchi joyida ham muammolar bo‘lishi tayin. Bu joyda o‘ynashi kerak bo‘lgan o‘yinchi qanotda yugurishi kerak. Inesta yugurishda ham ancha faol. U esa yo‘q» 

«U mening ishlarimni juda ham osonlashtirdi»-dedi Enrike.’U jamoaga juda ham kerakli o‘yinchi edi. Hamma sohada u asosiy vazifani bajargan. «Hamma» deyishimni sababi u jamoa bilan doim chin dildan shug‘ullangan, to‘pni doim olib qo‘yar edi, boshqalarga namuna bo‘lar edi. Bunday ishlarga buyuk futbolchilar qodir. Hozir futbolda juda ko‘p yugurish kerak. Iniestani ifodalovchi raqamlar shunchaki tengsiz!”

Aynan mana shu qobiliyatlari bilan Gvardiolaga ham «o‘rnak» bo‘lgan. “Gvardiola Inestani o‘zgacha yaxshi ko‘radi. U doim bir gapni aytar edi: Futbol faqat istedodda emas balki o‘yinni his qilishda. Gvardiola futboldan mashhur bo‘lish uchun foydalanganlarni yoqtirmas, o‘yinga borini berganlarni esa juda ham ardoqlar edi. U doim Inestani maqtar edi, chunki u maydondagi unga berilgan har qanda topshiriqni bajarishga tayyor bo‘lar edi. U o‘yinga o‘zini «ko‘rsatish»yo maqtanish yoki hammadan maydonda ajralib turish uchun maydonga tushmas edi. U maydonga o‘ynash uchun tushar edi”-deydi Maskerano.

Inestaning miyasi haqida Enrike alohida ta’kidlab o‘tadi: «U bunday aql bilan 60 yoshgacha o‘ynay oladi. Bunday aql haqida sportda yana bir kishini aytish mumkin- Rodjer Federer»

Inestaning bir jihati alohida tilga olinmaydi. U sukut bilan jamoaga liderlik qila oladi. Inesta maydonda baqirmaydi. U o‘zi kam gapiradi, biroq uning boshqalarni etaklash qobiliyati bor. 2015-yil yozida Pedro jamoadan ketishi kerakligini tushundi. U o‘ynashni xohlar edi. Ammo «Barsa» mutasaddilari tugal fikrni aytishmadi. Inesta Bartomeuga bu borada qo‘ng‘iroq qilishga ahd qiladi. 2 kun o‘tgach Pedro “aristokrat’lar safida paydo bo‘ladi.

«Menga Inesta juda ko‘p yordam bergan. Boshqa yana kimdir bunday ishlar qila olishiga ko‘zim etmaydi»-deydi Pedro.-U juda aqlli. Ba’zi menga u kelajakni ko‘ra oladi va boshqalarning fikrini o‘qiy oladigandek tuyuladi. Bir kuni u kiyinish xonasida menga shunday degan edi: «Sen-bu sen. Kimningdir zahirasi emas. Maydonga chiq va Pedrodek o‘yna. Bu sening isming va sening o‘yin uslubing! O‘sha payt men yosh va aynan o‘ziga ishonch etishmagan palla edi. Inesta nimadir gapirmoqchi bo‘lganda hamma uni sinchkovlik bilan tinglaydi»

Suares «Barselona» ga moslashib ketishida Inestaning roli katta ekanligini aytadi. Bu borada uni DJerardga qiyoslaydi:” Andres va Stivenning jamoadoshlariga munosabati-o‘xshash. Ikkalasi ham jamoadoshlariga o‘rnak. Bundan tashqari, ular hayot va futbolni o‘zgacha tushunishadi. Ulardan o‘rnak olsang arziydi. Inestadan bir umr minnatdorman.

“Andresning Karlesa Puyol bilan o‘yinga bo‘lgan munosabati o‘xshash. Buni o‘zlari ham bilmasligi mumkin. Inesta boshqalar o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq kurashlarga kiradi. Uning tirishqoqligi va jangovorligi ko‘rinmasligi mumkin, ammo bu xarakter doim u bilan birga-deb uning yana bir jihatini «Barselona» B jamoasidagi murabbiyi Gonsalva tilga oldi.

“U maydonda hech narsa gapirmaydi. Shunchaki futbol o‘ynaydi. Uning so‘zlarini o‘yinlari «so‘zlaydi». Raqiblar uning jahlini chiqarishga harakat qiladi. Bunday holatda raqiblarga qiyin, bizga esa osonlashadi”-alohida ta’kidladi Abidal. Eto’O bu ta’rifga boshqacha izoh beradi:”Andres –juda ajoyib inson. Ba’zida raqiblar uning oyog‘ini tepishadi, u esa uzr so‘raydi. Bunday futbolchilar boshqa yo‘q. U 10 ballik tizimda 20ga loyiq. Inson sifatida esa 200 ballga! Men uni doim duo qilaman. Doimo."

Inesta- butun dunyoning «mulki»!

Enrike Klassikodagi g‘alabadan so‘ng huddi shunday ta’rif bergan edi. O‘shanda Inestani «Santyago Bernabeu» olqishlagan.

“U-beqiyos. Unda sehr va qo‘shimcha ko‘z bor. U «Barsa’ o‘yinchisi, ammo bu qobiliyatlarini olqishlayman. U bitta klubga emas, butun futbolga tegishli»-degan edi Zidan bir necha hafta ilgari.

Andresni kuzatishda Ispaniya nashrlarining barchasi o‘z klubidagi futbolchini kuzatayotgandek yozishdi. Hatto Madridning «Marca» nashri «U bizni juda katta baxtga muyassar qildi. Bunday do‘stni yo‘qotayotganingni bilsang, yuragingda nimadir uzilgandek bo‘larkan. Endi hech narsa oldingidek bo‘lmasligi aniq».

Uni hamm Ispaniya stadionlari iliq kutib olgan. Hatto Turindayu Lissabonda uni olqishlashgan. “Men milliy termaga doim bir videoni ko‘rsataman. U juda qisqa. 20-30 soniya. «Barselona» «Espanol» bilan o‘yinda 4-1 hisobida yutayotgan mahal. Inesta zahiraga olinayotgan ikki jamoa muhlislari ham uni olqishlashgan. Buni tasvirlashga til ojiz. Mana shu lahzaning o‘zi Inesta qanday shaxs va futbolchi ekanligi haqida ko‘p narsa so‘zlaydi. Bunday vaziyat faqat u bilan sodir bo‘lgan”-deb eslaydi Del Boske.



“Andres nafaqat «Barselona» uchun balki butun futbol uchun juda ham muhim. Uning qattiq futbol to‘pini mayin va sehrli buyumga aylantirib qo‘yish qobiliyati bor. U ideal o‘yinchi. U sanatkor va yuksak bilim sohibi”-deydi Enrike. Xavi ham bu fikrlarga qo‘shimcha qiladi:” U borliqning mo‘’jizasi. Ikkinchi Inesta bo‘lmaydi, bo‘lishi ham mumkin emas. Uning uslubida o‘ynaydigan o‘yinchi bormi? Yo‘q. U bilan hech kimni solishtirib bo‘lmaydi”.

Agar biz Inestaga o‘xshash o‘yinchini qidirishimizga to‘gri kelgan taqdirda ham ularni eng buyuk futbolchilardan qidirishimizga to‘g‘ri keladi. «Inesta hamma ishni bexato va did bilan qiladi. Uning harakatlari har qanday o‘yinni bezaydi. U tomonidan qilingan eng kichik futbol detali ham ajoyib. Bunday futbolchilar doirasi juda tor. Balki Zidanni bu doiradan deyishimiz mumkin. Uning ham ba’zi qirralari Inesta bilan taqqoslab bo‘lmas darajada»-deydi Maskerano.

Xuan Mata Zidan va Inesta bilan o‘ynagan kam sonli futbolchilardan biri. U ham Inestani avvalgi o‘ringa qo‘yadi: “Inesta-men o‘ynagan futbolchilar ichida eng zo‘ri. Biz terma jamoada birga o‘ynaganmiz. U o‘yinlarda eng ideal uzatmalarni aynan vaqtida etkazib berar edi. U meni va men qatori ko‘pchilikni yaxshi futbolchi qilib tarbiyaladi. Shunday ishga Zidan ham qodir. Men «Madrid»da Ronaldu, Bekxem, Raul va u bilan mashg‘ulotlar olib borganman. «Men Inestaning o‘yinlaridan hayratga tushaman. Uning o‘yin usuli o‘zgacha» Bu fikr Zizuga tegishli. Oxirgi baxsda esa stadion yo‘lakchasida xayrlashish uchun Inestani 5 daqiqadan ortiq kutib turdi. Bu unga bo‘lgan hurmatning cheksiz namunasi.



«Meni yaxshi o‘yinchi va yaxshi inson deb eslab qolishlarini xohlayman, xolos»-dedi Inesta xayrlashuv matbuot anjumanida. U har doimgidek yana kamtar. Bu paytda Xavining gapi esga keladi: “Ba’zida u qanchalik kerakligini bilmaydi. Qachonki u o‘z faoliyatini yakunlasagina, o‘z qilgan ishlar ko‘lami naqadar kengligini anglab etadi.

Messi-hozirgi zamonning eng barqaror o‘yinchisi. Xavi-men ko‘rgan futbolchilar ichida tengi yo‘g‘i. Ammo Messi va Xaviga ham o‘xshash futbolchilarni topish mumkin. Ulardan yomon bo‘lishi mumkin, ammo o‘xshash. Inesta noyob. Bu so‘zlar yurakning tubidan chiqmoqa. Bunday o‘yinchilar bir asrda bir tug‘iladi.

Ajoyib futbol asri uchun rahmat, Andres!

Erkin G‘aybullaev tarjimasi.

Manba: Sports.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!