O‘FA delegatsiyasi yana FIFA nigohida

  • 17.12.2025 20:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Barchaga yaxshi ma’lumki, oxirgi yillarda yurtimiz futbolining rivojlanib borayotgani fonida jahon futboli nigohida bo‘lib turibdi.

Tecno

Milliy terma jamoamizning tarixda ilk bor mundialga yo‘l olishi, U20 jahon chempionati mezbonligi Ozarbayjon bilan birgalikda O‘zbekistonga topshirilishi, o‘tgan yili futzal bo‘yicha jahon chempionatini yurtimiz mezbonligida yuqori saviyada tashkil qilingani ham FIFA tomonidan o‘zbek futboliga qaratilayotgan e’tiborning jiddiyligini ko‘rsatib turibdi. 

FIFA prezidenti Janni Infantinov ham bir necha bor o‘z chiqishlarida mamlakatimizda futbolning rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan aytib, juda iliq fikrlar bildirgan.

Yaqinda AQShda bo‘lib mundial uchun qur’a tashlash marosimida ham Infantino yurtimizdan borgan delegatsiya bilan uchrashgan va o‘zining ezgu tilaklarini bildirgan. 

Ayni paytda ham O‘FA delegatsiyasi FIFA tashkil etayotgan tadbirda bo‘lib turibdi. Bu xususida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi. 

"Avval xabar berganimizdek, tarixda ilk bor O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining uch nafar vakili FIFA qo‘mitalari a’zoligiga saylangandi. Doha shahrida FIFA qo‘mitalarining yalpi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti, FIFA futbol texnologiyalari, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ravshan Irmatov mazkur qo‘mitaning ilk yig‘ilishida ishtirok etdi. 

Shuningdek, O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov FIFA sohil futboli qo‘mitasi, O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina ayollar terma jamoalari musobaqalarini o‘tkazish qo‘mitasi yig‘ilishidan o‘rin olgan konstruktiv uchrashuvlarda ishtirok etishdi. 

Kunning ikkinchi yarmida FIFA tomonidan rasmiy tadbir tashkil etilib, 2025 yilning eng yaxshi futbolchi va murabbiyi taqdirlandi.

FIFA tadbirlari doirasida qo‘mita a’zolari Qatarda bo‘lib o‘tadigan Qit’alararo kubok final uchrashuvi — PSJ hamda “Flamengo” bahsi va “Arab Cup” musobaqasining finalidan o‘rin olgan Marokash — Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni kuzatib borishadi". - deyiladi rasmiy xabarda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!