
Italiya Kubogi. “Latsio” “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi
Italiya Kubogi turnirining chorak finalida “Inter” jamoasi azaliy raqibi “Latsio” bilan o‘zaro kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va kuchlar teng keldi. Qo‘shimcha taymlarda esa jamoalar bir-birlariga bittadan gol urishdi.
Shundan so‘ng penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Unda rimliklarning qo‘li baland keldi va ular yarim finalga chiqishdi.
Inter – Latsio 1:1 (0:0, 0:0, 0:0, 1:1)
Penaltilar seriyasi – 3:4
Gollar: 0:1 – 108 Immobile, 1:1 – 120, penalti Ikardi.
Inter – Xandanovich, Miranda, Shkrinyar, D`Ambrozio, Asamoa, Kandreva (Nainggolan, 105), Galyardini (Vesino, 46), Joau Mariu (Martines, 81), Brozovich, Politano (Soaresh, 105), Ikardi.
Latsio – Strakosha, Uolles (Bashtush, 70), Acherbi, Radu, Marushich, Leyva, Lulich (Durmisi, 80), Milinkovich-Savich, Luis Alberto (Parolo, 101), Korrea (Kaysedo, 88), Immobile.
Ogohlantirishlar: Galyardini (44), Uolles (68), Radu (73), Vesino (82), Marushich (86), Milinkovich-Savich (87), Leyva (96), Brozovich (110), Immobile (110), Asamoa (116).
Chetlatish: Radu (120).
Fikrlar