
Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ladi?
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy sayti www.PFL.uzda bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi.
Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan PEPSISuperligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.
Oyning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar
Andrey Fyodorov (“Lokomotiv”) – 5 g‘alaba, 1 durang
Mirjalol Qosimov (“Bunyodkor”) – 3 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat
Shota Arveladze (“Paxtakor”) – 4 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat
Fikrlar