Jan Klod Van Damm Toshkentga kelmaydi, uning o‘rniga Stiven Sigal tashrif buyuradi

  • 6 sentabr, 2017, 17:02
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston penchak silak sporti tarixida birinchi marta professional Miks Silat bo‘yicha xalkaro turnir o‘tkaziladi. Bu haqda oldinroq xabar berib o‘tgandik.

Musobaqa mavqeini yanada ko‘tarish, butun dunyo sport ishqibozlari diqqat-e’tiboriniyurtimizga qaratish maqsadida faxriy mehmonlar, xususan, jahon kino va jang san’ati ustasi Jan Klod Van Damm, sport ustasi Jef Monson O‘zbekistonga taklif etilgandi. Ammo Van Dammning og‘ir betob bo‘lib qolganligi bois u yurtimizga kela olmasligini kecha ma’lum qildi va tashrifini qoldirdi. Uning o‘rniga yana bir gollivud yulduzi, millionlab insonlarning sevimli aktyori va sportchisi Stiven Sigal mamlakatimizda birinchi marotaba mehmon bo‘ladi.  Sigal 8-10 sentyabr kunlari Toshkent shahrida turnir doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Jeff Monson kelishi aniq edi. Lekin Van Damm kelmaganligi bois u bilan shartnomani bekor qilindi. Bu haqda “Asian Fight-2017” va “UZMOBILE” axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu International Sport Shou kechasi 9 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!