Jasurbek Latipov JChni ishonchli g‘alaba bilan boshladi
Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining 1/32 final doirasida hamyurtimiz Jasurbek Latipov o‘z yurishini muvaffaqiyatli boshladi.
-52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan vakilimiz Jasurbek Latipov ilk jangini Puerto-rikolik Yankiel Riveraga qarshi o‘tkazdi.
Qiziqarli va shiddatli ruhda o‘tgan bellashuvda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Navbatdagi boskichda Jasurbek Latipov bolgaliyalik bokschi bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq -91 kg vaznda ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov ham JChni g‘alaba bilan boshlagani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar