Jessi Lingard: Mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlash uchun hali imkoniyatimiz bor

  • 07.12.2018 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Jessi Lingard “qizil iblislar”ning APLni kuchli to‘rtlikda yakunlashi imkoniyatlari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Jamoadagilar hali ham imkoniyat borligiga ishonishadi. Mavsum yakuniga qadar hali vaqt ko‘p. Shu bois biz faqatgina har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Bu eng muhimi.

Oldinda bizni muhim uchrashuvlar kutmoqda, ayniqsa, shu oyda. Ularning barchasiga munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, - deydi Lingard.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” ortda qolgan 15ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 8-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!