Karvaxal: Lopetegi - faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy

  • 5 noyabr, 2018, 22:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Daniel Karvaxal jamoaning sobiq ustozi Xulen Lopetegini o‘zi bilan birga ishlagan eng zo‘r murabbiy ekanini aytdi.

Tecno

“Lopetegi men uchun shu kungacha bo‘lgan faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy edi. Afsuski omad undan yuz o‘girdi va biz bilan birga ishni davom ettira olmadi.

Uning futbolga bo‘lgan nuqtai nazari, jamoani boshqarish usullari va futbolchilar bilan munosabatlari menga juda ham yoqardi. Men bu haqda Lopetegi “Real”ga kelishidan avval ham aytganman, hozir ham va bundan keyin ham aytaman”, - deydi iqtidorli himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi 137 kunlik faoliyatidan so‘ng “Real”dan iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!