Kazemiro: "Real"ga Ronaldu etishmayapti
"Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Kazemiro UEFA Superkubogi doirasida "Atletiko"dan mag‘lub bo‘lganliklari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Albatta, mag‘lub bo‘lganimiz bizga ta’sir etdi, biroq bu mavsum boshlanishi va hammasi oldinda. Shuni aytishim joizki, biz murabbiyimizga ishonamiz va ushbu vaziyatda javobgarlikni o‘z bo‘ynimizga olamiz. Bir jamoa bo‘lib mag‘lub bo‘lamiz hamda bir jamoa bo‘lib g‘alaba qozonamiz.
Tan olish lozim, Ronalduning yo‘qligi "Real"ga katta ta’sir etadi, ammo u o‘tmishda, - deya Kazemironing so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.



Fikrlar