Kevin de Bryoyne Manchester derbisigacha safga qaytishi mumkin
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Manchester derbisigacha sog‘ayib safga qaytishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli belgiyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan juda tez sog‘aymoqda va ayni damda trenajyor zalida shug‘ullanishni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, de Bryoyne avgust oyi o‘rtalarida jarohat olgan va o‘shanda shifokorlar uni kamida 3 oysiz maydonga qayta olmasligini aytishgan edi.

Fikrlar