Kit Turman chempionlik jangida yana bitta kamar egasiga aylandi (video)

  • 05.03.2017 15:37
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Kecha AQShda katta boks kechasi tashkil etildi. Ushbu kechaning asosiy jangida Kit Turman va Denni Garsiya o‘zaro ringda hisob-kitob qilib olishdi.

Mazkur jangda yarim o‘rta vazn toifasining WBA kamari sohibi amerikalik Kit Turman (28-0, 22 KO) o‘z titullari yoniga yana bitta chempionlik kamarini qo‘shib qo‘ydi. U hamyurti Denni Garsiyani (33-1, 19 KO) mag‘lub qilib, WBC kamariga egasiga aylandi.

Jangda 116-112, 115-113 ochkolari bo‘yicha Turman g‘olib chiqqan bo‘lsa, bitta hakam 115-113 bilan Garsiyaga ovoz berdi. Bu Dennining faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!