Klichkoning engilmas nokautchi bokschiga qarshi jangi rekordlarni yangilashi mumkin
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko va super og‘ir vazn toifasining IBF kamari sohibi britaniyalik Entoni Joshua o‘rtasidagi jang muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatishi mumkin.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra, jang 29 aprel kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bundan oldingi rekord 1939 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda Lina Xarvi va Jok Makevoy o‘rtasidagi to‘qnashuvni 90 ming muxlis tomosha qilgan.
– Hozir “Uembli” 80 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi, ammo biz vaqtinchalikka joylarni 90 mingga ko‘paytirishimiz mumkin, – deydi Joshuaning promouteri Eddi Xirn.
Klichko – Joshua jangi shuningdek, Britaniyada translyatsiyalar sotuvi borasida ham rekord o‘rnatishi mumkin. Ayni damda bu boradagi rekord Rikki Xatton va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jangga tegishli. 2007 yili bo‘lgan jang translyatsiyasi 1,2 mlnga sotilgan.
Fikrlar