Koutino yana APLga qaytishi mumkin

  • 02.01.2019 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino "Manchester Siti"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Don Balon nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” 26 yoshli braziliyalik futbolchini o‘zining 33 yoshli ispaniyalik tajribali yarim himoyachisi David Silvaning o‘rniga munosib ko‘rishmoqda. Buning uchun esa ular kataloniyaliklarga 160 mln evro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Koutino “Barselona” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Liverpul”dan 130 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!