Kristofer Frum keyingi mavsumda nimalarni rejalashtirgan?

Sky jamoasining britaniyalik velopoygachisi Kristofer Frum keyingi mavsumdagi rejalari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, 29 mavsumni 29 yanvarda start oladigan Cadel Evans Great Ocean Road Race musobaqasida bo‘oshlaydi va keyinchalik 1-5 fevralda JARda bo‘lib o‘tadigan Herald Sun Tour uch kunlik musboaqasida ishtirok etadi. 
Shuningdek, uning Evropadagi poygalari mart oyida o‘tkaziladigan "Vuelta" ko‘pkunligidan boshlanadi va keyinchalik aprel oyi oxirlarida "Tour de Romandie" bahslarida qatnashadi va iyul oyining oxirlarida "Tur de Frans" poygalarida ishtirok etadi.

- Men o‘rgangan ushbu "Tur"larga bog‘liq dastur odatdagilardan farq qiladi. Ushbu dasturda uchta tog‘li finish mavjud va ulardan bittasi uzoq va juda og‘ir o‘tadi.

O‘ylashimcha, hammasi o‘sha kuni hal bo‘ladi, chunki "bo‘limlar" juda qisqa. Bu ppoyga haqida oldindan biror nima deyish qiyin va bu poygalrni tomoshabop bo‘lishiga xizmat qiladi, - deydi Frum La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!