Kurash: Shermetova finalda, qolganlarda esa bronza

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan kurash bahslari o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

Tecno

Ushbu bellashuvlarning ayollar o‘rtasidagi -63 va erkaklar o‘rtasidagi -81 kg vazn toifasida hamyurtlarimiz yarim final bosqichida gilamga ko‘tarilishdi.

Xususan, o‘z vazn toifasidagi yarim final bosqichida Dildor Shermetova Indoneziya vakilasi Xasani Najmu Shifani yonbosh bahosi evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, Muxlisa Abdumalikova mo‘g‘ulistonlik Baasanjargal Bayarbatga halol bahosi evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi -81 kg vazn toifasidagi polvonlar bahsida ham eronlik Ilyos Ali Akbariga qarshi bellashgan Sarvar Shomurodov ham raqibiga chala bahosi evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!