
Legionerlarimiz. Afonin 90 daqiqa o‘ynagan uchrashuvda "Orenburg" safarda "Spartak"ga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)
Xabaringiz bor kecha Rossiya premer-ligasining ham yangi 2018/19 yilgi mavsumiga start berildi. Biz uchun e’tiborli jihati yana kuchlilar safiga qaytgan "Orenburg" safida hamyurtimiz Vadim Afoninning borligidir.
"Orenburg" chempionatning ilk turida safarda "Spartak" mexmoni bo‘ldi va minimal - 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Afonin esa maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar