Liga-1. Golovin va Fabregas "Monako"ga uzoq kutilgan g‘alabani keltirishdi

  • 3 fevral, 2019, 02:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni omadsiz tarzda o‘tkazayotgan "Monako" bu tur o‘z maydonida "Tuluza"ni qabul qildi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 15-daqiqada Aleksandr Golovin  hisobni ochdi. Tanaffusga qadar esa Kristofer Jyulen muvozanatni tikladi.

Tecno

G‘alaba to‘pini esa 62-daqiqada Fransesk Fabregas kiritdi - 2:1. Shu tariqa monegaskliklarning 6 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasi barham topdi va jamoa turnir jadvalida 18 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. "Tuluza" esa 26 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.

Quyida shu va boshqa bellashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishasiz.



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!