"Liverpul" Vida bilan kelishuvga erishdi

  • 26 iyul, 2018, 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Liverpul” klubi xorvatiyalik himoyachi Domagoy Vidaning transferi borasida “Beshiktosh” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

A Spor nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar allaqachon 29 yoshli futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lishgan. Unga ko‘ra agar transfer amalga oshsa, Vida “Liverpul” bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.

Endi gap faqat turk klubini ko‘ndirishda. “Beshiktosh” Vida uchun 25 mln evro talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vida “Beshiktosh” safiga bundan 5 yil muqaddam Kievning “Dinamo” klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!