
"Liverpul" o‘z tarkibini Xorvatiya terma jamoasi a’zosi bilan kuchaytirmoqchi
"Liverpul" klubi Xorvatiya terma jamoasi hamda "Beshiktosh" klubi himoyachisi Domagoy Vidaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar 29 yoshli futbolchi uchun turk klubiga 13,6 mln evro taklif qilishga tayyor.
“Liverpul”dagilarning fikricha JCh-2018da o‘zini ko‘rsatayotgan Vida “Enfild”da hamyurti Deyan Lovren bilan yaxshi juftlik hosil qilishi mumkin.
“Beshiktosh” Vidani sotishga tayyor, faqat buning uchun 23 mln evro talab qilmoqda.
Fikrlar