Luis Ortis chempionlikni rasmiylashtirdi

  • 16.11.2016 10:45
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super og‘ir vazn toifasining WBA versiyasi bo‘yicha sobiq jahon chempioni kubalik Luis Ortis o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Malik Skottga qarshi o‘tkazib, hakamlari bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra, raqibini mag‘lub etdi va WBA versiyasi bo‘yicha mintaqalararo chempionga aylandi.

Monte-Karloda o‘tgan jangda amerikalik bokschi uch marta nokdaun holatiga tushib qoldi. Umumiy hisob esa 120:105, 120:106, 119:106, Ortis foydasiga.

37 yoshli kubalik bokschi professional ringda 26 jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba (22 nokaut) bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!