MYu "Lester" himoyachisiga katta qiziqish bildirmoqda
"Lester" klubi himoyachisi Xarri Maguayr jamoani tark etishi mumkin.
"Manchester Yunayted" klubi futbolchini transfer bozoridagi asosiy maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan. Bunga sabab JCh-2018 doirasida Maguayr Angliya terma jamoasi tarkibida ajoyib o‘yin ko‘rsatgani bo‘lgan.
Biroq "tulkilar" mavsum boshlanishiga 3 hafta qolganiga sotib yubormoqchi emas. Xarrining transfer bozoridagi narxini "Lester" 50 million evroga tenglashtirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Maguayrdan tashqari "Yunayted" "Tottenxem" klubi himoyachisi Tobi Alderveyreldga ham qiziqish bildirmoqda

Fikrlar