“MYu” o‘z transfer siyosatini o‘zgartiradimi?
Lou Makari Joze Mourinoning futbolchilari klubdan yirik talablarni qo‘yishi yoki maosh talab qilishi haqida mulohaza yuritdi.
“Manchester Yunayted” transfer bozori yopilishi arafasida yangi futbolchilar uchun katta mablag‘ sarflash maqbul yo‘l emasligini tanlamoqda.
Portugaliyalik murabbiy yozgi transfer bozori davomida Diego Dalo, Fred va Li Grantlar sotib olinganiga qaramay klubga yana yangi futbolchilar etmayotganligidan o‘z havotirlarini bildirdi.
Goal nashriga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Xarri Maguayr va Tobi Alderveyreldlarning transfer bahosi yuqori ekanligi sabab “Barselona”da o‘zini topa olmagan Yerri Minaga butun e’tiborini qaratgani haqida yozmoqda.
“Chelsi” vingeri Villian va “Latsio” etakchisi Sergey Milinkovich-Savichlar uchun yirik pul sarflash Lou Makariga ko‘ra “eng yaxshi dori” bo‘la olmaydi. Shu sababli “o‘zgacha” tarkibda mavjud bo‘lgan futbolchilar bilan ishlashi kerak.
“O‘tgan mavsumda biz va “Siti” orasidagi tafovut yuqori bo‘ldi deb o‘ylamayman” – deydi Goal nashriga bergan intervyusida.
“Hamma tushunishi kerak bo‘lgan bir xolat mavjud, bu juda qiyin ish. Ortga qaytish va o‘zingni ko‘rsatish, ortga qaytish va yana o‘zingni ko‘rsatish, o‘z o‘yiningni yashilash, tafovutni yo‘q qilish – bular oson emas.”
“Ammo hamma yana bir necha futbolchilarni olib kelish haqida gapirmoqda. Ammo bu o‘tgan uch-to‘rt yilda o‘z mevasini berdimi?”
“Manchester Yunayted” o‘tgan mavsumda chempionlik poygasini hamshaharlari “Manchester Siti”dan 19 ochko ortda qolgan holda yakunladi. Makari bunda futbolchilar jasorat ko‘rsatishini kutmoqda. Agarda ular buni amalga oshira olmasa ular klubni tark etishlarini tavsiya qilmoqda.
“Futbolchilar “MYu”da futbolchilarga qo‘yilgan talablar yuqori ekanligini namoyish qilishlari kerak. Klubdagi 11 yillik faoliyatim davomida men futbolchilar kelib-ketganini ko‘rdim. Chunki ular “Manchester Yunayted”ning talablarini ko‘tara olmadi. Ular klub sharafini munosib himoya qila olishmadi. Siz buni munosib himoya qilishinshiz shart!”
“Hammada Joze haqida aytadigan gaplari ko‘p, ammo o‘ylaymanki, futbolchilar o‘z o‘yinlarini amalga oshirishlari haqida o‘ylashlari kerak. Agarda ular o‘z o‘yinlarini ko‘rsata olishsa, muxlislar ularning mehnatini ko‘radi, muxlislar ko‘rishsa, “Old Trafford”da ularni munosib himoya qiladi.”
“O‘tgan mavsumda ko‘p o‘yinlarda hech narsa yuz yuermadi. Muxlislar ularni tribunadan turib qo‘llab-quvvatlashlari uchun arziydigan sabab ko‘rishmadi. Agarda sen muxlislarning talabiga javob bersang, ular senga albatta yordam berishadi.”
“Manchester Yunayted” yangi mavsumni 10-avgust kuni “Lester”ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Undan to‘qqiz kun o‘tib o‘z uy stadionida “qizil iblislar” “Brayton”ni qabul qiladi.
Demak, “Manchester Yunayted” rahbariyati ayni vaqtgacha amalga oshirilgan transferlar bilan yangi mavsumda katta marralarni egallashga urinib ko‘radi. Yanada yuqori salohiyatli futbolchilarni “Old Trafford”ga olib kelish uchun vaqt etmasligi mumkin.
Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.
Fikrlar