"Manchester Siti" Pyanich uchun 100 mln evro to‘lashga tayyor

"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich tez orada "Manchester Siti" a’zosiga aylanishi mumkin.

Bosniyalik futbolchi transfer borasida "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola bilan telefon orqali suhbatlashgan.

"Manchester Siti" rahbariyati 28 yoshli futbolchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor. Avvalroq Pyanichga "Chelsi" va "Barselona" ham qiziqish bildirayotganligi aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, tomonlarning amaldagi kelishuvi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!