
"Manchester Yunayted" o‘ziga Gollandiyadan zo‘r hujumchi topdi
Eynxovenning PSV klubi hujumchisi Stiven Bergveyn “Manchester Yunayted”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 21 yoshli gollandiyalik futbolchini joriy qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi va buning uchun eyndxovenliklarga 28 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Bergveyn asli PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar