"Manchester Yunayted"da katta muammolar. Faqat faktlar...

  • 3 avgust, 2018, 07:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar, noroziliklar, janjallar...

• Jamoa o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarning atigi bittasida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi ("Real" ustidan 2:1). "Amerika", "San-Xose" va "Milan" bilan durang qayd etilgan bo‘lsa, "Liverpul"dan yirik hisobda mag‘lubiyat qabul qilindi. 1:4. Bu jamoadagi holat yaxshi deb gapirishga kamlik qiladi. "Real"dan tashqari barcha o‘yinlarda mankunianliklar bittadan ortiq gol ura olmadi. Shuningdek, Xerdan Shakirining super golidan so‘ng markaziy himoyada ishlar ko‘ngildagidek emasligini anglatadi. Xullas, jamoa atrofi tanqidlar juda ko‘p.

shaqiri

• Tuanzebe, Fosu-Mens, Pereyra, Mitchell – bu o‘yinchilar "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibiga hozirdanoq kiradi. Biroq ular ular jahon chempionatida ishtirok etganligi uchun bu o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Antoni Marsyal esa shoshilinch ravishda xotinining to‘g‘ayotganligi bois ketib qoldi, Matich va Valensiya jarohat olgan.

- Valensiyaning jarohatlariga ko‘nikib qoldik. O‘tgan mavsum ham u bilan shunday holat yuz bergan edi. Endi yana shunaqa bo‘lmoqda, – deya asabiy tarzda o‘z fikrlarini bildirgan edi Mourino. - Hozir hech kim MYuning APL birinchi o‘yiniga yomon holatda borishini yashirmaydi.

• Bosh murabbiy Mourinoning bu fikrlaridan so‘ng "Manchester Yunayted"ning yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘ngildagidek emasligini anglatadi. "Investitsiyalar to‘g‘ri yo‘naltirilishi zarur. "Liverpul" vazifalarni aniq belgilab, to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda, – deya raqibning holatiga baho berdi. MYu va "Liverpul"ning Amerikadagi o‘yiniga 100 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Jozening fikricha, bunday o‘yinlarga ko‘p pul sarflash kerak emas. Bu ortiqcha narsa va MYu tarkibi hozircha sifatdan ancha uzoqda. Bu talabga javob bermaydi.

• Klubdagi muammolardan yana biri Aleksis Sanches bilan bog‘liq. Chililik futbolchiga Ispaniyadagi soliqlardan qarzi bo‘lganligi sababli uzoq vaqt Amerikaga viza berilmadi. Sanches so‘zsiz siyqasi chiqqan masala bir million evro sabab 16 oyga hukm qilindi. Shunday bo‘lsada, Sanches viza olishga muvaffaq bo‘ldi va hattoki jamoa bilan AQShdagi turnega yo‘l oldi, ammo maydonda o‘zini topa olmadi.

Sanches

• MYuning asosiy skauti Xaver Ribalta jamoani tark etib, "Zenit" sport direktoriga aylandi. Besh yil u "Yuventus"da ishlagan va "Manchester"da esa atigi bir yil faoliyat olib bordi. Dalota va Fredning transferlarini aynan Xaverning o‘zi rasmiylashtirdi, biroq shundan bu yog‘iga o‘ta olmadi. MYu muxlislari Ribaltaning ketishi yaxshi qarshi olmadi. U hattoki bir vaqtlar Pol Pogbaning xaridida g‘am qatnashgan. Endi jamoada yangi o‘yinchilarni topib, xarid qilish yana yomonlashgan.

• Klubdagi transferlar uchun vitse-prezident Ed Vudvard javob beradi. Bu yozda Manchesterga uch nafar futbolchi: Fred, Dalot va Grant keldi. Biroq ularning orasida jamoaning o‘yinini kuchaytirib bera oladigan futbolchi faqatgina "Shaxter"dan kelgan braziliyalik futbolchi bo‘lishi mumkin. Himoyachi Dalot hali juda yosh, darvozabon Grant esa zaxirani kuchaytirdi. Daily Mail nashrining yozishicha, Mourino bir necha oy muqaddam Vudvardgacha bir nechta potentsial xaridlarni rejalagan edi, ammo klub pul sarflashni xohlamadi va murabbiy hamda rahbariyat o‘rtasidagi aloqalar darz keta boshladi. The Telegraph'ning yozishicha, MYu jangjalni xohlamaydi va Mourinoning investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. APLda yozgi transferlar mavsumi 9 avgust kuni yopiladi.

Jose

• Hozircha Mourino o‘yinchilarning ta’tilini qisqatirishni so‘radi. Markus Reshford va Fil Jons JCh-2018 turnirida ishtirok etdi, ammo qolganlar avvalroq dam olishni yakunlagan. Bu hafta ular jamoaga qaytadi.

- Mavsum boshida muammolarga duch kelagn bu futbolchilarning bir qanchasi jamoaga yordam berishni istayotganligiga umid qilaman, - deydi Mourino. - Pogba, Lukaku, Fellayni, Lingard, Yang va Lindelef ayni damda plyajda bo‘lib turibdi.

bombardir.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!