Margarita Gasparyan dugonasini ayab o‘tirmadi
Rossiyalik tennischilar Margarita Gasparyan va Marina Melnikova Limojada o‘tayotgan "Chellenjer" musobaqasida o‘zaro raqobatlashdi.
WTA tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning birinchi davrasidagi ushbu uchrashuvda Margarita dugonasini har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Margarita ikkinchi davrada ruminiyalik Monika Nikuleskuga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.

Fikrlar