
"Marsel" Urugvay terma jamoasi forvardiga qiziqib qoldi
Kataloniyaning "Jirona" klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Kristian Stuani faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Transfermarketweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchiga “Marsel” klubidan qiziqishlar bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki, Stuanining amaldagi shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 15 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Stuani "Jirona" safiga 2017 yil "Midlsbro"dan 2,5 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum jami 34ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar