Mauritsio Sarri: Iguain - mening o‘yin uslubimga mos keladigan futbolchi
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri argentinalik shogirdi Gonsalo Iguain haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Umid qilamanki, men uning futbol otasiman. Biz bir hil fikrlaymiz. Gonsalo mening futbol uslubimga mos keladi deb hisoblayman.
Avvalo unga ishonch bildirishimiz kerak. U jamoadoshlari va murabbiylar bilan munosabatlarini yaxshi yo‘lga qo‘yib olishi kerak. Hozir uning kayfiyati juda yaxshi. Iguain mavsumning qolgan qismini ajoyib o‘tkazishi mumkin.
Oxirgi o‘yinda ko‘rgan bo‘lsangiz, Azar aksariyat vaziyatda to‘pni Gonsaloga oshirdi. Ular bir tilda shug‘ullanishadi. Shuning uchun o‘ylaymanki, Iguain biz uchun juda muhim futbolchiga aylanadi”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Sarri va Iguain “Napoli” safida ham birga faoliyat olib borishgan edi.



Fikrlar